Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Kiyevga taxminan 75 milliard dollar yordam ko‘rsatdi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deb yozmoqda Politico nashri.

Foto: NATO veb-sayti

Shu bilan birga, u AQSH ukrainalik himoyachilarga rus bosqinchilariga qarshi turishda yordam berayotgan yagona davlat emasligini ta’kidladi. Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra,  Yevropaning qator davlatlari yalpi ichki mahsulot ulushi bo‘yicha Ukrainaga AQSHdan ko‘ra ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatyapti.

“Boshqa ittifoqchilar va hamkorlar 100 milliard dollardan ortiq hissa qo‘shdi, agar yalpi ichki mahsulot ulushi sifatida o‘lchanadigan bo‘lsa, ko‘pchilik ittifoqchilar AQSHdan ko‘ra ko‘proq yordam beryapti”, — dedi NATO bosh kotibi.

Uning ta’kidlashicha, Ukrainadagi urush “qirg‘in urushi”ga aylanib bormoqda, bu esa Yevropa va Amerika mudofaa sanoatidan ishlab chiqarishni ko‘paytirishni talab qiladi, chunki Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan keyin G‘arb davlatlari o‘q-dorilar ishlab chiqarishda “jiddiy bo‘shliqlarni topdi”. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »