Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Oqmo‘la viloyati Yekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Yekaterinburg-Olmaota avtomobil yo‘lining 1318-kilometrida, Birsuat qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Toyota Camryning 29 yoshli haydovchisi masofani saqlay olmagani va tezlikni belgilangan me’yordan oshirib, oldinda ketayotgan Volkswagen Polo bilan to‘qnashib ketganini aniqlagan.

“Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. 5 nafar jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan zudlikda shifoxonaga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

1-fevral kuni Jambil viloyati Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining yopiq qismida 26 ta mashina to‘qnashgandi. Hodisaga yer muzlashi, ko‘rish imkoniyati cheklanishi, qor bo‘roni sabab bo‘lgan. 26 nafar fuqaro B. Momishuli qishlog‘ining tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan, ulardan to‘rt nafari reanimatsiyada. Jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »