Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining chorak finalida Qatarga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz. Bunday o‘yindan keyin hafsalamiz pir bo‘lishi turgan gap. Futbolchilar o‘zlari ko‘rsatgan o‘yindan faxrlanishlari kerak. Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Penaltilar seriyasi esa har doim xavfli bo‘ladi. Biz musobaqani tark etdik. Bu futbol, mag‘lubiyatni qabul qilishimiz lozim. O‘yin davomida yaxshi harakat qilgandik. Kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik. Hisobni tenglashtirib olganimizdan keyin Qatar hech qanday vaziyat yarata olmadi. Turnirda yomon ishtirok etmadik. 

Himoyaga yotib oldik? Men ularga himoyalaning deb aytibmanmi? Men ularga ortga qaytib, himoyalaning deganim yo‘q. Dunyodagi biror murabbiy bunday demaydi. Bu futbolchilarga bog‘liq. O‘sha vaziyatdagi futbolchilarning ruhiy holatiga bog‘liq. Ikkinchi bo‘limda ko‘p pressing qildik. Futbolchilar ham tabiiyki, charchab qolishdi. Biz durangdan qoniqib harakat qildik demagan bo‘lardim.

Hakamlar to‘g‘risida hech narsa deya olmayman. Yaxshisi, bu mavzuga to‘xtalmay qo‘ya qolaman.

O‘yinda doim boshqacha bo‘ladi. Penaltilar seriyasi har doim xavfli bo‘lgan. Mashg‘ulotlar jarayonida qanday penaltini amalga oshirmaylik, haqiqiy o‘yinda bari qiyinroq.

Penaltilar seriyasi uchun Iskanderovni maydonga tushirmoqchi edik, ammo ulgurmadik.

Osiyo Kubogida ko‘rsatgan natijamizdan qoniqish hosil qildim. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Shuncha jarohat va muammolar bilan chorak final bosqichiga chiqqanimiz men uchun qoniqarli natija hisoblanadi. 

Tez orada mundial saralashi. Terma jamoamiz kelajagini ishonsa bo‘ladigan yoshlar bizda yetarli. Ular o‘sib kelishmoqda. Ushbu musobaqada ham yosh futbolchilar yaxshi harakat qilishdi. Mart oyida FIFA kunlari bo‘ladi. Ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Musobaqadagi ishtirokimiz yomon chiqqani yo‘q. Mavjud imkoniyatlardan yaxshi natija qayd etdik deb o'ylayman. Kimdir qoniqmagan bo‘lsa, bu ularning muammosi. Masalan, birinchi o‘yinda Suriya bilan durang qayd etganimizda ko‘pchilik bizni tanqid qildi. O‘zbekistonlik jurnalistlar yoki yana boshqa shaxslar Suriyadan oson raqib yasab qo‘yishgandi. Biz durangdan qoniqmagandik. Suriya terma jamoasi esa Eron bilan qanday o‘yin ko‘rsatganini barcha ko‘rdi. Eronliklar faqatgina penaltilar seriyasidagina g‘alaba qozona olishdi.

Srechko Katanes, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »