Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident administratsiyasi huzuriga o‘tkaziladi. Bu haqda 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Endi jamg‘arma hisobidan yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi. Xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.

Ma’lumot uchun, mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2018-yilda tashkil etilgan. Jamg‘arma xorijda yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlar, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi maqsadlarda tashkil etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »