Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 5-fevral kungi yig‘ilishda professional va oliy ta’limdagi masalalar haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, o‘tgan yilgi 380 ming maktab bitiruvchisidan 180 mingi ta’limni kollej, texnikum yoki oliygohda davom ettirmoqda. Qolgan 200 ming nafari mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Dual ta’lim bilan 234 ta profta’lim muassasasida barcha o‘quvchilar ham qamrab olinmagan. Vazirliklar o‘zlariga tegishli kollej va texnikumlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimli yo‘lga qo‘yilishi, ulardagi quvvatlar 100 foizga ishlatilishi kerak.

Prezident Qurilish vazirligida 13 ta, Suv xo‘jaligi vazirligida 9 ta, Veterinariya qo‘mitasidagi 5 ta kollej va texnikumda malakali amaliyotchi ustalarni ko‘paytirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini aytdi.

“Shu kabi kamchiliklar oliy ta’limda ham mavjud. Masalan, bakalavriatda o‘nlab yo‘nalishlar mehnat bozori talablariga javob bermaydi”, — dedi prezident.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlat rahbari DTM Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilganini, lekin agentlik haligacha abituriyentlarni imtihon qilish bilan cheklanayotganini aytdi.

Shu bois professional va oliy ta’limda kasbiy ko‘nikmalarni belgilash va ularni baholash bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi. Kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratiladi.

Endilikda Loyiha ofisi rahbari bir vaqtning o‘zida Kasbiy bilim va malakalarni rivojlantirish respublika kengashiga rahbar bo‘ladi. Bandlik vazirligi tizimidagi Mehnat tadqiqotlari instituti ham Loyiha ofisiga biriktiriladi.

Ular Oliy ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda zamonaviy konstruktor, texnolog, arxitektor, muhandis, energetik kabi ehtiyoj yuqori kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan muhit olib kirishga mas’ul bo‘ladi.

Mutasaddilarga 1-maygacha talab yuqori 100 ta kasbni tanlab, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda kasbga talab ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Ish beruvchilarning vakillari ta’lim muassasasida joylashishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratiladi. Ular bilan har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Talabalar amaliyotni tashkil etilayotgan yangi korxonalarda ko‘proq o‘tkazishi lozimligi ta’kidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »