Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, soha uchun masʼul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim o‘rinbosarlari bor. Lekin taʼlim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini taʼminlashda kamchiliklar yo‘q emas.

Masalan, maktabgacha va maktab taʼlimida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emas.

Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga masʼul o‘rinbosarlari maktabda maʼnaviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga eʼtiborsiz bo‘lmoqda.

“Shu bois o‘tgan hafta maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Ularning oldiga taʼlim, tarbiya va maʼnaviyat bo‘yicha maktablarga yangi muhit olib kirish vazifasi qo‘yildi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Sardor Rajabov va Farhod Boqiyev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »