Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda davlat rahbari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham eʼtiroz bildirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Professional taʼlim uchun masʼul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur. Oliy taʼlimda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli eʼtibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy taʼlimda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yildi.

Avvalroq Sardor Rajabov va Farhod Boqiyev maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarlari lavozimiga tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »