Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda maktab taʼlimidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi. Bu haqda prezident matbuot kotib xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘tgan yili Respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, o‘tgan hafta Loyiha ofisi tashkil qilindi va katta ilmiy-amaliy tajribasi bor, salohiyatli kadrlar jamlandi.

Markaz va ofisga Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari bilan birgalikda:

  • maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash;
  • o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, 2024-yilda Prezident maktablari taʼlim dasturi yana mingta maktabda boshlanadi. Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga masʼul bo‘ladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar haqida

2022-yil 14-aprel kuni prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan. Unga ko‘ra, 2023-yil 1-iyunga qadar faoliyati tugatilgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalari negizida 5 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab; 2022—2024-yillarda Prezident ta’lim muassasalar agentligi tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari qurish hamda kelgusida yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarni faqat agentlik tizimida tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »