Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Adliya vazirligi “O‘zbekistonda bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish va ommalashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Konsepsiyada qayd etilishicha, barcha darajadagi ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga milliy tarix va qadriyatlarni anglash, vatanga daxldorlik hissini kuchaytirish maqsadida umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlarga oid mafkuraviy mavzular kiritiladi. Ta’lim oluvchilar va boshqa aholi qatlami uchun bayramlar haqida turli qiziqarli ma’lumot beruvchi interfaol o‘quv resurslari, jumladan, multimedia taqdimotlari, hujjatli filmlar va mafkuraviy mavzular bilan bog‘liq virtual ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan raqamli platforma ishlab chiqiladi.

Shuningdek, aholining turli qatlamlari o‘rtasida bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish maqsadida madaniy va milliy an’analarni ifodalash, bayramona va quvnoq muhit yaratish, shu bilan birga hududlarga tashrif buyuruvchilarni jalb qilish orqali mahalliy turizmga hissa qo‘shishni nazarda tutuvchi bayramlar uchun ramziy ko‘chalar tashkil qilinadi.

Bayramlarning madaniy, tarixiy va g‘oyaviy jihatlarini aks ettiruvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mafkuraviy mazmunni yetkazishning yangi usul va uslublarini kashf etishga, rang-barang madaniy xilma-xillikka bo‘lgan qiziqishlarni kuchaytirish va rag‘batlantirish maqsadida bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirishga qaratilgan “Eng yaxshi hikoya”, “Eng yaxshi ertak”, “Eng yaxshi she’r”, “Eng yaxshi blogpost”, “Eng yaxshi maqola” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar tashkil etiladi.

Konsepsiyada bayramlarning mafkuraviy mazmunini kuchaytirish maqsadida yoshlar va aholi o‘rtasida turli tadbir va tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy bellashuvlar, olimpiadalar o‘tkazish, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi davlat organlarida bayram burchaklari tashkil, respublika hududida foydalaniladigan mobil telefonlar, planshet va boshqa aloqa qurilmalaridagi kalendarlarda bayram sanalariga oid ma’lumot avtomatik o‘rnatilishi imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilmoqda. Qaror muhokamasi 16-fevralga qadar davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »