Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden agar Ukrainaga yordam ko‘rsatilmasa, Isroilga qo‘shimcha mablag‘ ajratish haqidagi qonun loyihasini qabul qilmaydi. Bu haqda Oq uyga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Foto: Getty Images

Prezident administratsiyasi hujjatning tegishli varianti faqat ”siyosiy hiyla” ekani, uni Kongressning ikkala palatasi ham rad etishi kerakligini ta’kidladi.

“Agar prezidentga ushbu qonun loyihasi taqdim etilsa, u veto qo‘yardi”, — ta’kidladi Oq uy va Senat va Vakillar palatasini Isroilga ham, Ukrainaga ham pul ajratadigan versiyani tezda tasdiqlashga chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, administratsiya bunday qonun loyihasiga “qat’iy qarshilik ko‘rsatmoqda”, chunki u “chegarani himoya qilish uchun hech narsa qilmaydi” yoki Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaydi.

3-fevral kuni bir guruh AQSH kongressmenlari qonun loyihasini taqdim etishdi. Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson qonunchilar bu hafta tashabbusga ovoz berishlarini aytdi.

4-fevral kuni Senat 2024-moliya yilida qo‘shimcha mablag‘ ajratish bo‘yicha paketli kelishuvlarni taqdim etgandi. U o‘tgan yilning 1-oktyabrida AQSHda boshlangan, janubiy chegarada chegara nazoratini kuchaytirish, Ukraina va Isroilga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘lar ajratishni nazarda tutadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »