Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hind kino sanoati vakillari orasida 9 tilda bemalol so‘zlasha oladigan mashhurlar borligini bilasizmi?

Shohrux Xon

Foto: Bollywoodtime

Dunyoning turli burchaklarida minglab muxlislariga ega bo‘lgan Bollivud qiroli ona tilidan tashqari yana uchta: ingliz, urdu va kannada (dravid tili) tilida gaplasha oladi. Bundan tashqari u nemis tilini yaxshi tushunadi.

Amitabh Bachchan

Foto: Bollywoodtime

Uttar-Pradesh shtatida dunyoga kelgan Bachchanning otasi hind shoiri bo‘lgan. Aktyor hind, ingliz, urdu va panjob tillarida gaplasha oladi. Bundan tashqari bengal tilini ham oz-moz biladi.

Taapsi Pannu

Foto: Bollywoodtime

Taapsiga filmlarda turli tillarda gaplasha oladigan bir-biriga o‘xshamagan qahramonlarni gavdalantirish juda ham yoqadi. U hind, panjob, tamil, telugu va ingliz tilida bemalol gaplasha oladi.

Kangana Ranaut

 

Foto: Bollywoodtime

Aktrisaning yoshligida ingliz tilida yaxshi gaplasha olmagani karyerasiga salbiy ta’sir qilgan. Ammo Kangana o‘zini qo‘lga olib yaxshilab til o‘rganishga kirishgan. Bugungi kunda ingliz tilida bemalol so‘zlasha oladigan aktrisa fransuz va hind tilini ham yaxshi biladi.

Asin

Foto: Bollywoodtime

Karyerasini Hindistonning janubiy hududlarida boshlagan aktrisa faoliyatini keyinroq Bollivudda davom ettirgan. Asin yettita: tamil, telugu, malay, ingliz, italyan va fransuz tilida so‘zlasha oladi.

Dipika Padukone

Foto: Bollywoodtime

Dipika Daniyada badminton bo‘yicha chempion Prakash Padukonening oilasida dunyoga kelgan. Nafaqat Bollivud, balki Gollivud filmlarida ham suratga tushgan aktrisa hind, ingliz va tulu tillarini yaxshi biladi. “Piku” filmida suratga tushish uchun bengal tilini o‘rganishiga ham to‘g‘ri kelgan.

Vaani Kapur

Foto: Bollywoodtime

Vaani Kapur tamil, telugu, ingliz va hind tilidan tashqari fransuz tilida ham gapira oladi.

Ayshvariya Ray 

Foto: Bollywoodtime

Dunyo go‘zali Ayshvariya ona tili — tuludan tashqari yana sakkizta: hind, bengal, ingliz, tamil, maratxi, telugu, kannada va urdu tillarini yaxshi biladi. Shuningdek, ispan tilidan ham biroz xabardor.

Vidya Balan

Foto: Bollywoodtime

Aktrisalik mahorati va turli rollarni qoyilmaqom ijro qilishi bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Vidya oltita: tamil, hind, bengal, maratxi, malay va ingliz tilini biladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »