Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov gemodializga muhtoj barcha fuqarolarga bepul buyrak transplantatsiyasini amalga oshirishni buyurdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyevga tayanib, 24.kg xabar berdi.

Illyustrativ foto: 24.kg
“Prezident loyihasiga ko‘ra, avgust oyida uchta buyrak transplantatsiyasi operatsiyasi o‘tkazildi va menga Qirg‘izistonda buyrak, jigar, suyak iligi ko‘chirib o‘tkazilishini taʼminlash vazifasi yuklandi. Buni keng miqyosda amalga oshirish uchun qonunni o‘zgartirish kerak edi. Jogorku Kenesh buni qabul qildi va prezident imzoladi”, — dedi u.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, 2020-yildan buyon ko‘p ishlar amalga oshirilgan va bugungi kunda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlar byudjet hisobidan gemodializ olmoqda. Qirg‘iziston bo‘yicha jami 2685 nafar shunday bemorlar bor.

“Birinchi bosqichda 50 ta buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun davlat to‘lab berishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan edi — bu har biri uchun taxminan 7-10 ming dollar. Keyinroq prezident barcha muhtojlarning xarajatlari davlat tomonidan qoplanishiga qaror qildi. Bizda 2 ming 685 kishi gemodializ olmoqda. Buning uchun byudjetdan 2,5 milliard som sarflanmoqda. Operatsiya taxminan 650 ming somga tushadi, hozir 105 kishi navbatda turibdi. Ular barcha kerakli testlarni topshirishga kirishmoqda”, — dedi u.

Uning taʼkidlashicha, qirg‘izistonlik mutaxassislar ayni paytda Turkiyada organlarni transplantatsiya qilish bo‘yicha malaka oshirmoqda va fevral oyi oxirida Turkiyadan katta mutaxassislar guruhi keladi. U bundan keyin jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirishlariga umid bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »