Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Akmal Mirzaolimov Xo‘jaobod tuman hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi o‘zining Telegram kanali orqali xabar berdi.

Foto: Telegram / Shuhrat Abdurahmonov

Akmal Mirzaolimov 1979-yilda Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutining iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida fermer xo‘jaliklarida hisobchi, tijorat banki mutaxassisi, g‘aznachilik bo‘linmasi inspektori, viloyat hokimligi bosh mutaxassisi, iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i va MFYda hokim yordamchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga qadar Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Tumanning oldingi hokimi O‘tkirbek Shukurov sog‘lig‘i tufayli o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilingani aytilmoqda

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »