Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Italiyalik aktrisa Emili Blant The Sun nashriga bergan intervyusida hamkasbi Myorfiga o‘n marta tarsaki tushirgani va unga tan jarohati yetkazgani uchun kechirim so‘radi. Aktrisaning ta’kidlashicha, tarsaki sahnasi o‘n marta suratga olingan, biroq mazkur qism filmga kiritilmagan.

Foto: Cosmopolitan


Kristofer Nolan filmida Killian Myorfi yadro fizigi Robert Oppengeymerni, Blant esa uning rafiqasi Ketrin rolini o‘ynagan. Bir sahnada u irlandiyalik aktyorning yuziga urib, so‘ng bo‘yni va yoqasidan ushlab olishi kerak edi.

Rejissor menga: “Uni ur”, dedi. Men: “Qanday bo‘larkan” deb ikkilandim. Killian ham: “Ur meni, bo‘laqol”, deb ishontirdi. Rejissor esa hamkasbingga jiddiy hech narsa bo‘lmaydi, deb meni tinchlantirdi—deydi aktrisa.

Yonoqlari bilan mashhur bo‘lgan Killian Myorfining yuzi uzoq vaqt tarsakidan qizarib yurgan. Filmda buni yashirish uchun maxsus grimdan foydalanishga to‘g‘ri kelgan.

Kristofer Nolanning “Oppengeymer” filmi Qo‘shma Shtatlarda yadro qurolining rivojlanishi haqida bo‘lib, 2023-yil iyul oyida taqdim etilgan. Mazkur filmdagi rollari uchun Emili Blant va Killian Myorfi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa va eng yaxshi aktyor sifatida “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi.

Film eng yaxshi film, eng yaxshi rejissor va eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor (Kichik Robert Dauni) kabi bir qancha nominatsiyalar bo‘yicha Amerika kinoakademiyasi mukofoti nomzodligiga taqdim etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »