Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Oqdaryo tumanida yashovchi, Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumanlararo qo‘riqlash bo‘limi xodimi 34 yoshli F.O. mansab vakolatidan foydalangan holda mahalliy fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan. U fuqarodan 1,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, boshqarma tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadbir davomida, advokat Sh.A. mahalliy fuqaroga sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilishini bekor qilish maqsadida o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilib, buning uchun fuqarodan 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Nukusda 900 mln so‘mlik qurilish obyektini olib berishni va’da qilgan fuqaro ushlangandi. 2023-yil dekabrda esa Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »