Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO davlatlari Rossiya bilan ziddiyatga kirishishni xohlamaydi, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. U NATOni Rossiya-Ukraina mojarosiga tortishga bo‘lgan har qanday urinishlarga AQSH va Yevropa Ittifoqi  qarshilik ko‘rsatishini ta’kidladi. Shu bilan birga, kansler Ukraina tez orada jiddiy qurol taqchilligiga duch kelishi mumkinligini aytib o‘tdi.

“Bizning qo‘llab-quvvatlashimizga qaramay, Ukraina tez orada jiddiy qurol va o‘q-dorilar yetishmasligiga duch kelishi mumkin. Ba’zi moliyaviy majburiyatlar allaqachon tugadi, boshqalari esa uzaytirilishi kerak”, — deydi Shols The Wall Street Journal uchun yozgan maqolasida.

Foto: Google Images

Olaf Shols Yevropa Ittifoqi Ukrainaning eng yirik moliyaviy homiysi ekanligini, Germaniya yordami esa Amerikadan keyin ikkinchi o‘rinda turishini ta’kidladi.

Amerika matbuoti so‘nggi haftalarda Ukraina armiyasida qurol-yarog‘ yetishmayotgani haqida xabar bermoqda. AQSH Kongressi 2023-yil kuzidan beri Ukrainaga yordam berish borasida kelisha olmayapti. Bir kun avval, 7-fevral kuni AQSH Senatida ikki partiya o‘rtasida mablag‘ ajratish, jumladan, Kiyevni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv protsessual ovoz berishdan o‘tmadi.

Yevropa Ittifoqida Ukrainani moliyalashtirish mexanizmlari borasida bahslar davom etmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Germaniya Yevropa tinchlik jamg‘armasining ish sxemasidan norozi bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »