Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Brilliant qo‘l” filmi 1969-yilda Sovet ekranlarida namoyish etilgan Leonid Gaydayning mashhur komediyasidir. Semyon Semyonovich Gorbunkovning sarguzashtlari tomoshabinlarga shunchalik manzur bo‘lganki, ko‘pchilik hali ham film qahramonlaridan iqtibos keltiradi.



Yillar davomida film boshidan oxirigacha yod bo‘lib ketgan bo‘lsa-da, tomoshabinlar har bir kadrdagi ko‘z ilg‘amas jihatlar — nomuvofiqliklar, xatolarga eʼtibor qaratishdan charchamaydilar.

Bir epizodni eslaylik: Gorbunkov chet eldagi kruiz sayohatdan qaytishi.

Foto: YouTube


Bosh qahramon SSSRga tunda xorijdan qo‘li bint bilan bog‘langan holda qaytadi va ertasi kuni ertalab u ayoli va bolalari bilan ko‘chaga sayrga chiqadi. Balki eʼtibor bermagandirsiz, lekin o‘sha payt atrofdagilar oilaga uzoq tikilib qaraydilar va hatto suratga ham oladilar.

Bu kadr bo‘yicha ikki xil taxmin bor:

Birinchisiga ko‘ra, filmni suratga olish jarayonida atrofdagilar mashhur aktyordan ko‘zlarini uzolmay qolgan, muharrir esa eʼtiborsizlik tufayli kadrlarni olib tashlamagan.

Foto: YouTube


Ikkinchi versiyaga ko‘ra esa, odamlarning ortiqcha eʼtibori filmdagi xatolik emas, balki xorijdan qaytgan oilaning noodatiy va hech kimda uchramaydigan tarzda kiyinish uslubi edi. Bundan tashqari, rejissor Gorbunkovning qaytib kelganidan keyin uni taʼqib qilishlari haqidagi xavotir tuyg‘usini shu tarzda ifodalagan deyishadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »