Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ish haqi uchun to‘lab berilgan mablag‘larning eng katta ulushi maktab taʼlimi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.

Budjet mablag‘lari hisobidan 2024-yil yanvar oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga jami 6 trillion 743 milliard so‘m sarflandi. Mazkur pullar davlat tashkilotlarida ishlovchi jami 2 million 478 ming 387 nafar xodimga to‘langan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Hisob–kitoblarga ko‘ra, davlat budjetidan maktab xodimlariga 2,3 trillion so‘m, sog‘liqni saqlashga 1,5 trillion so‘m, maktabgacha taʼlimga 423 milliard so‘m, oliy taʼlimga 91 milliard so‘m to‘langan. Boshqa sohalarga esa jami 2,4 trillion so‘m yo‘naltirilgan. To‘lovlarning 3,9 trillion so‘mi (59,2 foizi) respublika, 2,7 trillion so‘mi (40,8 foizi) mahalliy budjet hisobidan amalga oshirilgan.

Hududlar kesimi bo‘yicha eng ko‘p ish haqi Toshkent shahridagi davlat tashkilotlari xodimlariga to‘langan — 1,5 trillion so‘m. Eng kam to‘lovlar esa Sirdaryo viloyati (196,9 milliard so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, budjetdan 2023-yil dekabr oyining ikkinchi yarmi ish haqi uchun yanvardagidan ko‘proq — 6 trillion 778 milliard so‘m to‘lab berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »