Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YIM) ilk bor 1 kvadrillion 66 trillion 569 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi hisobot berdi.

Infografika: Statistika agentligi

O‘tgan yilda mamlakat YIM hajmi 6 foiz o‘sib, 90,9 milliard dollarga (o‘rtacha almashuv kursi 11,737 so‘m) yetdi. Bu raqam aholi jon boshiga hisoblaganda 2,5 ming dollardan to‘g‘ri keladi. 

Infografika: Statistika agentligi

Respublika yalpi ichki mahsuloti hajmi 2020-yilda 60,2 milliard dollarni, 2021-yilda 69,6 milliard dollarni, 2022-yilda 81,1 milliard dollarni tashkil etgan.

Infografika: Statistika agentligi

O‘tgan yilning yanvar – dekabr oylarida mamlakatdagi korxonalar tomonidan 655,8 trillion so‘mlik (2022-yildagidan 6 foiz ko‘p) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 426,2 trillion so‘mni (2022-yildagidan 4,1 foiz yuqori) tashkil etdi.

Infografika: “Daryo” / Dilbek To‘rayev

O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining shakllanishida Toshkent shahri 17,1 foiz ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent (10,1 foiz) va Navoiy (7,7 foiz) viloyatlari keyingi o‘rinlarni egalladi. Eng kam ulush esa Sirdaryo viloyati (2 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (3,1 foiz) va Jizzax viloyati (3,1 foiz) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »