Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda o‘n minglab qurilish kompaniyalari soliqdan qochish uchun xodimlari sonini yashirib ko‘rsatmoqda. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov tadbirkorlar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

Foto: Savdo-sanoat palatasi

Davron Vahobovning aytishicha, bugun mamlakat qurilish sanoatida 34,5 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 24,1 mingtasi qurilish korxonalari, 10,4 mingtasi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardir.

“Satatistik raqamlarga ko‘ra, qurilish kompaniyalarida o‘rtacha 9 nafar ishchi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalarida esa o‘rtacha 14 nafar ishchi ishlab kelmoqda. Aslida qurilish kompaniyalarida bu ko‘rsatkich bir necha barobar ko‘proq bo‘lishi kerak emasmi? Tahlil qilinganda, 2023-yilda 10 ming 947 ta korxonaga 1 nafar ishchi, 4 ming 219 ta korxonaga 2 nafardan, 5 ming 585 ta korxonaga 4-10 nafar ishchi xodim to‘g‘ri kelayotgani maʼlum bo‘ldi”, — dedi palata rahbari.

Davron Vahobov so‘zi davomida Toshkent viloyatidagi qurilish kompaniyalaridan biri ishchilar sonini qanday yashirganini misol keltirdi.

“U korxona, nomini oshkor qilmaymiz, 2023-yilda 41 milliard so‘mlik qurilish ishlarini amalga oshirgan. Va 48 ta xonadonli ko‘pqavatli turar joyni qurib, foydalanishga topshirgan. Eʼtiborlisi, korxona 36 milliard so‘mlik qurilish materiallari va uy jihozlari sotib olgan. Biroq soliq hisobotlarida ushbu korxona xodimlarining soni bir nafar etib ko‘rsatilgan. Axir bir nafar xodim bilan shuncha ishni qilib bo‘lmasligini hammamiz tushunamiz-ku”, — dedi u.

Avvalroq mamlakatdagi xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatayotgan 232 mingta korxonada ishchilar soni bor-yo‘g‘i 1 nafarni tashkil qilishi aytilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »