Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pensiya jamg‘armasi har oyning beshinchi sanasida pensiya to‘lovlarini moliyalashtirib kelmoqda. Xususan, 2024-yil fevral oyi uchun pensiya mablag‘lari ham to‘liq to‘lab berildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Pensiya jamg‘armasining maʼlum qilishicha, mamlakatdagi 3,9 million nafar pensionerlar uchun fevral oyi pensiya pullari 100 foiz to‘landi.

“O‘z navbatida pensiya to‘lovlarini naqd pulsiz shaklda oluvchi 3 million nafar (yoki jami oluvchilarning 76 foizi) fuqarolarning bank kartalariga mablag‘lar to‘liq yuklab berilishi taʼminlandi” — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Jamg‘arma pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan, “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini eslatgan.

Avvalroq 2024-yil 1-yanvarda respublikada pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 930 ming 400 nafarga yetgani, bu aholining 10,7 foizini tashkil etishi xabar qilingan. Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lamoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvariga qadar jamg‘arma tasarrufida nafaqalar to‘lovi ham bor edi. 2023-yil 1-iyundagi prezident farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, “2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda joriy yilgi ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim xizmatlar turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Xususan, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 16 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »