Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 46-moddasida pensiya va nafaqalar miqdorlari rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan (MIX) kam bo‘lmasligi yozilgan. Prezident farmoni bilan 2024-yilning 1-fevralidan boshlab pensiyalarning eng kam miqdorlari MIX miqdoriga yetkazildi. Xo‘sh, MIX miqdori o‘zgarishi qaysi toifa pensionerlarga taʼsir ko‘rsatadi?

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2024-yil uchun MIX miqdori 568 ming so‘mdan 621 ming so‘mgacha (9,3 foizga) oshirildi. Jahon tajribasida MIX ko‘rsatkichidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, kambag‘al oilalarga beriladigan moddiy yordamlarni ko‘rsatishda mezon sifatida foydalaniladi. Yanvarda mamlakatdagi ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdori MIX miqdoridan pastroq edi. 1-fevraldan ularning miqdori MIX ko‘rsatkichiga tenglashtirildi.

Minimal isteʼmol xarajatlari miqdorining o‘zgarishi:

  • eng kam miqdorida ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi 621 ming so‘mdan kam yoshga doir pensiya oluvchilarga;
  • 621 ming so‘mdan kam miqdorida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarga taʼsir qildi. Yaʼni ularning pensiyalari miqdori 608 ming so‘mdan 621 ming so‘mga yetkazildi.

Pensiya jamg‘armasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, prezident farmoni asosida 780 mingga yaqin eng kam miqdorda pensiya oluvchilarning pensiyalari 621 ming so‘mga yetkazilgan.

“Buning natijasida, Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yiliga 109,7 milliard so‘m ajratiladi”, — deya maʼlum qildi jamg‘arma.

2024-yil 1-fevraldan boshlab quyidagi nafaqalar miqdori 608 ming so‘mdan 621 ming so‘mga oshirildi:

  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarning yoshga doir nafaqalari (74,9 ming nafar);
  • boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa oluvchilarning nafaqalari (51,2 ming nafar);
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilning (68,4 ming nafar) parvarishlash nafaqalari.

Ijtimoiy himoya milliy agentligining maʼlum qilishicha, MIX miqdorining oshirilishi natijasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali qo‘shimcha 63 ming nafar kam taʼminlangan oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi kutilmoqda.

MIX qiymatini qayta ko‘rib chiqilishi natijasida joriy yil yakuniga qadar nafaqalar uchun davlat budjetidan qo‘shimcha 216 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Mazkur nafaqalarni qayta hisoblashda fuqarolarning murojaati talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigida 2024-yilda ish haqi, pensiya, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishini ma’lum qilgan.

“2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunda joriy yilgi ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim xizmatlar turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun qo‘shimcha 9,5 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Xususan, 2024-yilda Pensiya jamg‘armasiga 16 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »