Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank eʼlon qilgan “Pul-kredit sharhi”da mamlakat makroiqtisodiy rivojlanishiga taʼsir etuvchi noaniqliklar va xatarlar to‘g‘risida axborot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Maʼlum qilinishicha, jahonda yuz berayotgan voqealar taʼsirida makroiqtisodiy rivojlanish bo‘yicha noaniqlik va xatarlar yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

“Geosiyosiy ziddiyatlar bo‘yicha noaniqliklarning kuchayishi, global inflyatsion jarayonlar, inflyatsiyani jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan qatʼiy moliyaviy sharoitlar, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda fragmentatsiya holatlarini avj olishi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga o‘zining salbiy taʼsirlarini ko‘rsatmoqda”, — deya qayd etilgan sharhda.

Markaziy bankka ko‘ra, jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik va xatarlarning saqlanib qolishi xomashyo bozorlarida ham narxlar darajasining tez o‘zgaruvchan dinamikada shakllanishiga olib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan Rossiya va Xitoy iqtisodiyotining sekinlashishi bo‘yicha prognozlar tashqi talab tomonidan respublika eksportiga qo‘shimcha bosimlar yaratishi mumkin.

Qizil dengizdagi (global savdoning 11 foizi ushbu dengiz orqali o‘tadi) yuk kemalariga hujumlarning davom etishi tufayli taklif zanjiridagi uzilishlar tovar va xomashyolar narxlarini oshirishi va bu global inflyatsiyani uzoqroq davom etishiga olib kelishi mumkin.

2023-yilda xalqaro savdo hajmi o‘sishi Panama kanali va Qizil dengiz orqali yuk tashish kamayishi oqibatida oxirgi 50-yildagi eng past ko‘rsatkichga yetgan (0,2 foiz). Ushbu omillar bilan bir qatorda, bugungi kunda global iqlim o‘zgarishlari, xususan toshqin va qurg‘oqchiliklar soni ortishi jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini o‘sishi va oziq-ovqat taʼminoti bo‘yicha xatarlarni kuchaytirish ehtimoli mavjud.

“Taklif zanjiridagi muammolarning ortishi natijasida bazaviy inflyatsiyaning nisbatan sekin pasayishi bo‘yicha xatarlar jahonda foiz stavkalarini pasayishini kechiktirilishiga olib keladi. Global moliyaviy holatning qatʼiy qolishi moliyaviy barqarorlik bo‘yicha xatarlarni kuchaytiradi va global o‘sishga salbiy taʼsir etadi”.

Regulyator joriy yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan omillar to‘g‘risida ham to‘xtalgan. Xususan, mamlakatda fiskal konsolidatsiya boshlanib, umumiy fiskal taqchillik hajmi 2023-yilgi ko‘rsatkichlardan kamaytirilishi, iqtisodiyotda davlat ulushining qisqarishi, xususiy investitsiyalar va tovarlar eksporti hajmi yuqori surʼatlarda o‘sib borishi muhim ahamiyatga ega.

“2024-yilda ayrim tovar va xizmatlar uchun aksiz va soliqlar bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar, texnika tovarlari importiga o‘rnatilayotgan notarif cheklovlar hamda meva va sabzavotlar ulgurji savdosi logistikasidagi o‘zgarishlar ham narxlar darajasining shakllanishida o‘z taʼsiriga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, 2024-yilda aholi va tadbirkorlik subyektlarini uzluksiz energiya resurslari bilan taʼminlash, sohaga xususiy investitsiyani jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmlarini inklyuziv oshirish maqsadida chakana isteʼmolchilar uchun tariflarga tegishli o‘zgarishlar kiritilgan taqdirda, ularning inflyatsiya va boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga taʼsirlari qayta baholanadi”.

Markaziy bank ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuzaga kelayotgan noaniqlik va xatarlar kuzatib borilishini, yangilangan makroiqtisodiy prognozlar asosida pul-kredit sharoitlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishini ham qayd etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »