Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iqtisodiyot va moliya vazirligi respublika budjetining kunlik kirim – chiqimlari to‘g‘risida axborot berishda davom etmoqda. Xususan, 2024-yil fevral oyining dastlabki besh kunligidagi budjet daromad va xarajatlari ochiqlandi.

Infografika: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 – 5-fevral kunlari davlat budjeti daromad va tushumlari 1,7 trillion so‘mni tashkil etgan. Budjet xarajatlari miqdori esa bundan ancha ko‘p — 9,9 trillion so‘mga yetgan. Yaʼni besh kunlik budjet taqchilligi 8,2 trillion so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Yanvar oyida davlat budjetining xarajatlari daromadlaridan 5,8 trillion so‘mga oshib ketgandi.

O‘zbekistonda oxirgi to‘rt yil davomida budjet defitsiti belgilangan limitlardan ortiq shakllanib kelmoqda. Xususan, 2023-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining cheklangan miqdori 3 foiz etib belgilangan bo‘lsa-da, amalda 5,5 foizgacha o‘sgan.

2024-yil konsolidatsiyalashgan budjeti 52,6 trillion so‘mlik defitsit bilan qabul qilingan va mamlakat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 4 foizga oshmasligi belgilangan.

Budjet qonuniga ko‘ra, joriy yilda cheklangan davlat tashqi qarzini jalb qilish hajmi 5 milliard dollar bo‘ladi. Shundan 2,5 milliard dollari davlat byudjeti taqchilligini moliyalashtirishga, qolgan 2,5 milliard dollari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun sarflanishi ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »