Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Ilon Mask AQSHning dollarni qurol va bosim vositasi sifatida ishlatish haqidagi qarorini xato va noto‘g‘ri deb atadi. U bu fikrini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bildirdi.

“Biz dollarni qurolga aylantirib, haddan oshib ketdik. Bu ahmoqona harakat edi”, — deb yozadi milliarder.

Skrinshot X ijtimoiy tarmog‘i

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida tashqi siyosiy kurashda dollardan foydalanish ahmoqlik va AQSHning eng yomon strategik xatolaridan biri ekanini aytgan edi.

“Siyosiy rahbariyat dollardan siyosiy kurash vositasi sifatida foydalanishga qaror qilishi bilanoq, ular Amerikaning bu kuchiga zarba berishdi. Men adabiy bo‘lmagan iboralarni ishlatmoqchi emasman, lekin bu ahmoqlik va katta xatodir”,— dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, u AQSHning xatti-harakatlari natijasida dollardagi valyuta zaxiralari hatto ittifoqdoshlari orasida ham kamayib keta boshlaganini qo‘shimcha qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »