Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda koronavirus va qizamiq tufayli tibbiy niqob taqish rejimi tiklandi. Bu haqda Qozog‘iston bosh sanitariya shifokoriga tayanib, “Kursiv” xabar berdi.

Foto: Zakon.kz

Niqob taqish tibbiyot muassasalarida majburiy bo‘ladi, jamoat joylarida esa tavsiya etiladi. Tibbiy muassasa rahbarlari “tibbiy tashkilotlarda xodimlar va tashrif buyuruvchilarning niqoblardan foydalanishini, shuningdek, antiseptik vositalaridan foydalanishini ta’minlashi” shart. 

Jamoat joylarida esa niqob taqish tavsiya etiladi.

“Transportning barcha turlarida, aholi gavjum joylarda (aeroportlar, vokzallar, bozorlar, savdo markazlari, teatrlar, kinoteatrlar, davlat xizmatlari markazlari, banklar va boshqalar) tibbiy yoki matoli niqoblardan foydalanish tavsiya etilsin”, — deyiladi tegishli hujjatda.

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘iston Parlament majlisi 7-fevral kuni kovid sababli majburiy niqob taqish rejimini joriy qilgandi. Parlament raisi Yerlan Koshanov va prezident maslahatchisi Qanat Bozumbayev allaqachon koronavirus infeksiyasiga chalingan. Jurnalistlardan parlamentdagi tadbirlar vaqtida tibbiy niqob taqish talab qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »