Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniya gripp va koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli 10-yanvardan boshlab shifoxonalarda niqob rejimiga qaytdi.

Foto: AP Photo

AFP ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tartib butun Ispaniya bo‘ylab tibbiyot xodimlari va kasalxonalarga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.

“Biroq bu talab xususiy klinikalar, dorixonalar va stomatologlarga taalluqli emas. Ular o‘z xohishiga ko‘ra niqob taqishi mumkin”, — dedi Sog‘liqni saqlash vaziri Monika Garsiya.

Ta’kidlanishicha, yangi choralar ikki hafta davom etadi. Bemorlar soni sezilarli darajada kamayishni boshlaganidan keyin niqob rejimi bekor qilinadi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 infeksiyasini yuqtirmaslik uchun niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlashga qaytishni maslahat bergandi

“COVID-19, gripp va boshqa patogenlar keltirib chiqaradigan nafas yo‘llari kasalliklari ko‘plab mamlakatlarda bir necha hafta davomida o‘sib bormoqda va so‘nggi bayramlardan keyin ham davom etishi kutilmoqda”, — deyiladi tashkilot rahbarining postida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »