Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hindiston janubidagi Kerala shtatida ikki kishi Nipah virusidan vafot etdi. Bu haqda Press Trust of India xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, xavfli infeksiya Kojikode shahri tumanida kuzatilgan.

“Kojikode tumanida qayd etilgan ikki o‘limga Nipah virusi sabab bo‘lgan. Vaziyatni tahlil qilish va shtat hukumatiga yordam berish uchun ekspertlar guruhi yuborildi”, — deydi Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandaviya.

Marhumlardan birining yaqini intensiv terapiya bo‘limiga yotqizilgan. Rasmiy manbalarga ko‘ra, Keraladan yana to‘rt kishining testlari xavfli virusga tekshirish uchun Punedagi Milliy Virusologiya institutiga yuborilgan.

Rasmiylar vahimaga o‘rin yo‘qligi, marhum bilan yaqin aloqada bo‘lganlarning bari klinikadaligini aytmoqda. Biroq shtat hukumati fuqarolarga tashqariga chiqishda ehtiyot chorasi sifatida niqoblardan foydalanishni tavsiya qiladi.

Nipah virusi

Nipah virusi birinchi marta 1998-yilda Malayziyada topilgan. O‘shandan beri kasallikning avj olishlari vaqti-vaqti bilan Osiyoda, xususan, Hindistonda kuzatilgan.

Virus miyaning yallig‘lanishi va og‘ir nafas olish belgilarini keltirib chiqaradi. Unga qarshi vaksina mavjud bo‘lmasa-da, kasallikning 70 foiz holatlari o‘limga olib keladi. Kasallik asosan ko‘rshapalaklar orqali tarqaladi, deb ishoniladi. Ular mevalar, xususan, mango, banan, shirin palma sharbati bilan oziqlanadi va virusini ularda qoldiradi.
 
Ilgari Keralada Nipah virusidan o‘lim holatlari 2018 va 2021-yillarda qayd etilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »