Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bloomberg’ning Ukraina harbiy rahbariyatiga yaqin manbalari 8-fevral kuni ishdan bo‘shatilgan Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va Zelenskiy o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ham prezidentning xohishi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Zelenskiy Zalujniydan “dadilroq harbiy rejani” kutgan, ammo kutgani amalga oshmagan. Aksincha, Zalujniy kelgusi oylarda frontda ehtiyotkorroq harakatlarni afzal ko‘rishini ma’lum qilgan.

Valeriy Zalujniy o‘rniga avvalroq Ukraina armiyasi quruqlikdagi qo‘shinlariga rahbarlik qilgan Aleksandr Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinlandi. Bloomberg suhbatdoshlaridan biri  Zalujniy yangi bosh qo'mondonni tanlashda ishtirok etganini aytdi. Ammo Aleksandr Sirskiy, agentlikning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlari saflarida katta ishonchga ega emas.

Zalujniydan farqli o‘laroq, u Rossiyada o‘sgani sababli ukrain tilida aksent bilan gapiradi. Shu bilan birga, u o‘zidan oldingi qo‘mondonga qaraganda shafqatsizroq sanaladi, deb ta’kidlaydi Bloomberg.

Foto: Google Images

Vladimir Zelenskiy bilan muntazam aloqada bo‘lgan bir qancha G‘arb rasmiylari agentlikka g‘alaba Ukraina prezidenti istaydigan yagona natija bo‘lib qolishini aytdi. Agentlik manbalarga tayanib xabar berishicha, Zalujniy Vladimir Zelenskiy ishonchini yo‘qotgani uchun ishdan bo‘shatilgan. 

Bloomberg e’tiborini Vladimir Zelenskiy va Valeriy Zalujniy o‘rtasidagi ommaviy mojaro AQSH rasmiylari yangi yordam paketi bo‘yicha kelisha olmagan paytda, Ukraina uchun nomaqbul vaqtda sodir bo‘lganiga qaratadi. Bundan tashqari, agar Donald Tramp qaytadan prezident etib saylanadigan bo‘lsa,  AQSH tomonidan Ukrainaning qo‘llab-quvvatlanishi keskin qisqarishi mumkinligi aytilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »