Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritildi. Bu haqda parlament quyi palatasining axborot xizmatiga tayanib, O‘zAga xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga masʼul davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, ularning vakolatlari belgilanmoqda. 

Bundan tashqari, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) ishtiroki, ularning majburiyatlari, taʼlim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmaslik nazarda tutilmoqda. Shuningdek, bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ularga himoya orderi berish tizimi joriy qilinmoqda. 

Mazkur loyihani ishlab chiqishda Germaniya, Fransiya, Daniya, Singapur, Vengriya, Bolgariya, Albaniya, Gruziya kabi davlatlarning tajribasi o‘rganilgan. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »