Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda maktablaridagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, shundan so‘ng pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda asossiz xabarlar tarqaldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
“Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan hurmatli pedagoglar, maktab direktorlari va soha mas’ullari! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarining ishga kelib-ketishi yoki boshqa mehnat majburiyatlariga amal qilish jarayonlari vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tartibga solinadi. Pedagoglar faoliyati boshqa tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi, degan mazmunda tarqatilayotgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilamiz”, — deydi vazirlik axborot xizmati rahbari.

Maktablardagi inspektor-psixologlar shtati IIVdan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi 5-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Dilfuza Sobirova shu munosabat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh a’zolari O‘zbekistondagi qator umumta’lim muassasalarida o‘quvchilarning darslardagi ishtirokini ta’minlash, ularning ta’lim-tarbiyasini ota-onalar va mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borayotganini qayd etdi.

Shuningdek, yolg‘on va asossiz mazmundagi xabarlarni tarqatganlik uchun mamlakat qonunchiligiga muvofiq tegishli jazo choralari qo‘llanishini eslatib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »