Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Vengriya prezidenti Katalin Novak mehribonlik uyidagi jinsiy zo‘ravonlik ishini yashirishda ishtirok etganlikda ayblangan erkakni afv etish qaroridan keng jamoatchilikning noroziligi sababli iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Foto: PA / TASS 
 “O‘tgan yilning aprel oyida men mahkum o‘ziga ishonib topshirilgan bolalarning zaifligini suiiste’mol qilmaganiga ishonib, afv etish to‘g‘risida qaror qabul qildim. Men xatoga yo‘l qo‘ydim. Menimcha, bolalarga jismonan yoki ma’naviy zulm qilgan kishiga hech qachon rahm qilinmasligi lozim. Men xafa qilgan barchadan kechirim so‘rayman. Bugun men sizga prezident sifatida murojaat qilishimning so‘nggi kunidir”, — dedi Novak.

Reuters’ga ko‘ra, respublika rahbari 2023-yilning aprelida, Rim papasi Fransisk tashrifi arafasida yigirmaga yaqin kishini ozod qilishga qaror qilgan. Ular orasida mehribonlik uyi direktorining o‘rinbosari ham bo‘lib, u tashkilot rahbariga voyaga yetmagan tarbiyalanuvchilarga nisbatan jinsiy tusdagi jinoyatlarini yashirishga yordam bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »