Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Makoto Sinkay — zamonaviy yapon animatsion rejissorlaridan biri. Uni ko‘pincha “ikkinchi Miyazaki” deb atashadi. Sinkayning animelarida tananing almashib qolishi haqidagi mistik sujetdan tortib, sevgi va poyabzal haqidagi oddiy hikoyagacha tasvirlanadi.

“Sening isming”

Yaponiya, 2016-yil.

Anime, multfilm, fantastika, drama, melodrama.

Davomiyligi: 110 daqiqa.

IMDb: 8.4.

Mitsuha — Hida provinsiyasidagi kichik shaharchada yashaydigan qiz. Take — tokiolik yigit. Bir kuni ular uyquda ekanliklarida tanalari almashib qolishini sezib qoladi. Boshqa birovning hayoti ularga o‘z hayotidan ko‘ra qiziqroq ko‘rinadi: ular bir-biriga taassurotlari haqida qaydlar yozib qoldiradi, Mitsuha hatto Takaga hamkasbi bilan yaqinlashishga yordam beradi. Ammo bir kuni to‘satdan qahramonlar o‘rtasidagi sirli aloqa buziladi, shundan so‘ng yigit Mitsuhani topishga qaror qiladi.

“Ob-havo bolalari”

Yaponiya, 2019-yil.

Anime, multfilm, melodrama, fantastika.

Davomiyligi: 112 daqiqa.

IMDb: 7.5.

O‘rta maktab o‘quvchisi Xodaka o‘z shahrini tark etib, yomg‘irli kunda Tokioga qochib ketadi. Poytaxtda u moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi: hech kim voyaga yetmagan yigitni ishga olishni xohlamaydi. Xodaka deyarli umidini uzadi, lekin bir kuni McDonald’sda kassir bo‘lib ishlaydigan Xina unga achinib, ovqat beradi. Ma’lum bo‘lishicha, qiz ob-havoni boshqarishni biladi — yomg‘irni to‘xtatib, bulutlarni tarqata oladi. Xodaka uning bu qobiliyatidan foydalanib, pul ishlash — masalan, to‘ylar uchun ob-havoni yaxshilab berish orqali daromad qilish taklifini beradi.​

“Sekundiga 5 santimetr”

Yaponiya, 2007-yil.

Anime, multfilm, drama, melodrama.

Davomiyligi: 63 daqiqa.

IMDb: 7.5.

Film Takaki Tono hayotiga oid uchta qissadan iborat bo‘lib, 1995-yildan 2008-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi — Takaki birinchi muhabbati Akaridan ajralgan paytdan boshlab, ko‘p yillar davomida qahramonlarning birinchi tasodifiy uchrashuvigacha.

“Sekundiga 5 santimetr” sujeti yillar va masofalar orqali sevgan insonini topish haqida. Filmda bosh qahramonlarning tajribasizliklari, o‘z o‘rnini topa olmaslik xavotirlari o‘smirlargagina tanish bo‘lgan his-tuyg‘ular yordamida ochib beriladi.

“Go‘zal so‘zlar bog‘i”

Yaponiya, 2013-yil.

Anime, multfilm, melodrama.

Davomiyligi: 46 daqiqa.

IMDb: 7.4.

15 yoshli Takao hech kimnikiga o‘xshamagan poyabzal yaratishni orzu qiladi. U kelajakdagi mahsulotlarning eskizlarini chizish uchun ko‘pincha darsdan qochib, parkka boradi. Bir kuni u bog‘da 27 yoshli Yukino bilan tanishib qoladi. Qahramonlar shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashadi va bir-biriga hamdard bo‘ladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Yukino Takaoning maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi.

“Go‘zal so‘zlar bog‘i” bor-yo‘g‘i 46 daqiqa ichida orzuga intilish, yo‘qotish tajribasi, zo‘ravonlik, sevgi, shuningdek, mehribon insonlar orasidagi yengib bo‘lmas masofa haqida hikoya qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »