Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskva Tergov boshqarmasi rahbarining katta yordamchisi Yuliya Ivanovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Moskva janubidagi ko‘p qavatli uylardan birida ayolni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. U hozirda qo‘lga olingan.

Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi 1-fevralga o‘tar kechasi Moskva shahrining Avtozavodskaya ko‘chasidagi turar joy binosining liftida nomaʼlum ayolga hujum qilib, zo‘rlagan, shuningdek, unga nisbatan boshqa jinsiy xarakterdagi harakatlarni sodir etgan, shundan so‘ng u qochib ketgan.

Foto: Google Images

“31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi va unga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Jinoyat ishi doirasida jalb qilingan ayblanuvchi amaldagi migratsiya qonunchiligi binoan ham tekshiriladi”, — dedi Ivanova.

Hozirda o‘zbekistonlik migrantning ismi-sharifi ochiqlanmayapti. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »