Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi zamonaviy texnologiyalar asrida yaratilayotgan gadjetlarni ko‘rib, beixtiyor mashhur filmdagi iborani eslaysiz: “Odamlar nimalarni o‘ylab topishmaydi-ya!”

Endilikda aqlli aksessuarlar nafaqat soat yoki uzuk, balki sog‘liqni o‘lchaydigan, jozibali ko‘rinishdagi zirak ham bo‘lishi mumkin. Vashington universiteti tana haroratini o‘lchaydigan, stress holatini aniqlaydigan va uyqu rejimini tartibga soladigan “aqlli” ziraklar – Thermal earring ni taqdim etdi.

Foto: GeekWire

AQSh olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, quloqdagi termal ko‘rsatkichlar tananing boshqa qismidagi ko‘rsatkichlardan ko‘ra aniqroq bo‘lishi isbotlandi.

“Men sog‘lig‘imni nazorat qilish uchun aqlli soatlardan foydalanaman, lekin ko‘pchilik bunday gadjetlarni taqish noqulay deb hisoblaydi. Masalan, men zirak taqishni yaxshi ko‘raman, shuning uchun biz inson qulog‘idan qanday ma’lumotni olishimiz mumkinligi haqida bosh qotira boshladik. Keyinchalik, quloqda tana haroratini o‘lchash qo‘l yoki bilak bilan solishtirganda ancha aniqroq ekani ma’lum bo‘ldi”, —deydi Shirli Syue, Vashington universiteti aspiranti.

Foto: Studyfinds

Thermal earring ziraklarining afzalligi shundaki, to‘xtovsiz ishlagan taqdirda uning zaryadi 28 kunga yetadi. Bunday zirakdan foydalanish oson va qulay: u barcha kerakli komponentlar, jumladan Bluetooth moduli bilan jihozlangan. Inson tanasining aniq haroratini o‘lchash uchun ziraklar ikki xil termometrdan iborat: biri quloq bo‘shlig‘ining haroratini, ikkinchisi atrofdagi haroratni o’lchashga mo‘ljallangan.

Ushbu aksessuar yanada foydali va serqirra bo‘lishi uchun unga yurak parametrlarini o‘lchaydigan maxsus qurilma o‘rnatish ustida izlanish olib borilmoqda. Shuningdek, yaqin kelajakda odatiy batareyani kinetik yoki quyosh batareyalariga almashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Foto: MedicalDaily

“Kelajakda sog‘liqni nazorat qiluvchi zargarlik buyumlari to‘plamini ishlab chiqmoqchiman. Ulardan biri – elektrokardiografiya o‘rnatilgan marjon bo‘lib, yurak urishi haqida yaxshiroq ma’lumot olish uchun insonlarga xizmat qiladi degan umiddaman”, qo‘shimcha qildi Shirli Syue.

Kelajakda Vashington universitetining aspiranti “aqlli” zargarlik buyumlarining butun turkumini yaratish niyatida. Hozirda bunday aksessuarlar sotuvi yo‘lga qo‘yilmagan, buning uchun ular turli tadqiqot va tekshiruvlardan o‘tkazilishi lozim.

Siz shunday zirak xarid qilgan bo‘larmidingiz?

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »