Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

30 yoshdan so‘ng ayollar ortiqcha vazn hozil bo‘lishining oldini olish bilan birgalikda turli xil kasalliklar xavfi tufayli taomlanish tartibi va diyetaga ahamiyat berishlari lozim. Quyida qanday mahsulotlar ayollar organizmi uchun zarar keltirishi haqida so‘z boradi.

Endokrinolog Alina Alkasheva Rossiya nashrlaridan biri bilan suhbatda ayollar salomatligiga eng ko‘p zarar yetkazadigan mahsulotlar ro‘yxatiga to‘xtalib o‘tdi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, ushbu mahsulotlar me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, bir nechta noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shakar

Foto: Staplefood

Avvalo, ayollarga shakarni ko‘p iste’mol qilmaslik tavsiya qilinadi, chunki shakar semirib ketish xavfi, keyinchalik insulinga rezinentlikni keltirib chiqaradi. Bu tashxis o‘ta xavfli emas, ammo davolanmasa, diabetning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda bu kasallik hayot sifati va davomiyligiga sezilarli ta’sir qiladi. Xavfni o‘z vaqtida aniqlash uchun qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish zarurdir.

Shakar yuz terisiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: u kollagen ishlab chiqarishni to‘xtatib, erta qarishga olib keladi. Endokrinolog ayollar uchun oddiy uglevodlarning eng xavfsiz sutkalik miqdori 50 gramm deb belgilaydi.

Spirtli ichimliklar

Shifokor Alkashevaning fikricha, spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechish salomatlik garovidir. Etil spirti ichak mikroflorasiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi, vitaminlar, minerallar, yog‘lar, oqsil va uglevodlarning organizmga so‘rilish jarayoniga putur yetkazadi.

Sut va sut mahsulotlari

Foto: Cabothealth

Xayron bo‘lishingiz mumkin, ammo sut mahsulotlari ham ayollar uchun zararli mahsulotlar sirasiga kiradi. Me’yoridan ortiq iste’mol qilingan sut organizmda katta miqdorda insulin ishlab chiqarishni boshlaydi va natijada sut tarkibidagi laktoza terida husnbuzarlar va shishlar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »