Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab rejissyorlar aktyorlarning sahnadagi improvizatsiyasiga qarshilik qilmaydi. Ba’zi filmlar hatto ko‘plab aktyorlik improvizatsiyalari tufayli tomoshabinlar yodida qoladi. Ulardan ba’zilari kartinalarga o‘zgacha joziba bag‘ishlaydi va eng esda qolarli epizodlardan biriga aylanadi.

“Omadli jentlmenlar” (1971)

Qorda mashq qilishgan sahnani “Omadli jentlmenlar”dagi eng esda qolarli kadrlardan biri deb atash mumkin. Aktyorlar shunchaki ochiq havoda mashq qilishlari taxmin qilingan. Ammo Saveliy Kramarov Radner Muratovga hazil qiladi va to‘satdan uni qor bilan ishqalay boshlaydi. U bor ovozi bilan baqiradi. Vitsin kutilmaganda tashabbusni o‘z qo‘liga oladi, u ham Kramarovni qor bilan siylay boshladi. Natijada mazkur sahna filmda qoldiriladi.

“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” (1967)

“Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” filmi haqiqiy iboralar xazinasidir. Qo‘rqoq (Georgiy Vitsin) pivodan bir qultum yutib: “Hayot, men sizlarga aytsam, yaxshi!”, degan sahnani hamma eslaydi. Ammo hech kim Dovdir (Yuriy Nikulin) hamkasbining so‘zlarini davom etishini kutmagan edi: “Yaxshi yashash undan ham yaxshi” degan jumla improvizatsiya bo‘lgan.

“Mimino” (1978)

“Mimino” filmining eng esda qolarli epizodlari orasida Frunzik Mkrtchyan qahramonining sud zalida guvohlik bergan sahnadir. Bu yerda aktyor deyarli barcha gaplarini o‘zi o‘ylab topgan. Quyidagi yorqin iboralar unga tegishli: “Men sizga bitta aqlli gap aytaman, lekin xafa bo‘lmang”, “Men xoxolab kulib yubordim!”.

“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartirdi” (1973)

“Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmida Yuriy Yakovlev magnitafondan Vladimir Visotskiyning qo‘shig‘ini hayajon bilan tinglagan sahna ham tasodifan suratga olingan. Aktyor suratga olishlar orasidagi tanaffuslarda dam oladi va Vysotskiyni qirol libosida tinglaydi. Leonid Gaydayga uning yuz ifodasi shunchalik yoqadiki, u ushbu lahzani suratga olishga va kelajakda bu epizodni filmda qoldirishga qaror qiladi. Saroydagi ziyofat sahnasini suratga olish paytida Yakovlev to‘satdan o‘rnidan turadi va “Hamma raqsga tushsin!” deb baqiradi — bu ham aktyorning improvizatsiyasi bo‘lgan.

“Avtomobildan saqlaning” (1966)

“Avtomobildan saqlaning” filmidagi so‘nggi sahna juda esda qolarli chiqqan. Aslida esa Innokentiy Smoktunovskiy rejissyor Eldar Ryazanovning “Stop, kadr” buyrug‘ini eshitmay qolgan va rolini o‘ynashda davom etgan. Natijada Yuriy Detochkin shlyapasini yechib, jilmaygan holda trolleybusning old oynasidan sevgilisi Lyubaga qarab turgan sahna suratga olingan.

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” (1975)

“Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmida Yuriy Yakovlevga tegishli ko‘plab improvizatsiyalar mavjud. Ulardan birida Nadyaning stoliga o‘tirib, birdan “Qanday jirkanch ... Konserva balig‘ingiz bunchalik jirkanch bo‘lmasa” deydi. Baliq haqiqatan ham unchalik sifatli emasdi, shuning uchun aktyor bu gapni o‘zidan qo‘shib aytadi. Dushga kirgan Yakovlev: “Issiq, judayam issiq” deganida ham u ushbu sahna suratga olingan kinostudiya pavilyonida issiq suv borligidan chindan ham hayratda qolgandi.

“Eng jozibali va latofatli” (1985)

Rejissyor Gerald Bejanov mas’uliyatsiz aktyorlarni yoqtirmasdi. U Tatyana Vasilyevaning ba’zida so‘zlarini yodlamasdan suratga olish maydonchasiga kelishidan norozi edi. Bir kuni Tatyana Vasilyeva sochini boshqa rangga bo‘yab keladi. Vasilyevaning bunday bema’ni xatti-harakati natijasida rejissyor mikroinfarkt bilan kasalxonaga yotqiziladi va bir oy davolanadi. Aktrisa esa o‘zi ishtirok etgan sahnalarini bosh kiyim kiygan holda tugatadi.

“Brilliant qo‘l” (1969)

Andrey Mironovni ekspromatlar dahosi deb atashgan. “Brilliant qo‘l” filmida u juda ko‘p improvizatsiya qilgan — “Xonim, senyora, frau, miss, afsuski, hech bundan narsa chiqmaydi!” shulardan biri. Suratga olish sahnalarining birida aktyor peshonasidagi chyolkasini shunchalik nozik tarzda siltaydiki, bu harakat uning filmdagi “fishkasi”ga aylanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »