Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Gulnora Abdullayeva lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, Gulnora Abdullayevaning lavozimdan olinishiga boshqa lavozimga o‘tayotgani sabab bo‘lgan.

Gulnora Abdullayeva Izboskan tumanida tug‘ilgan, 1989-yilda Toshkent davlat universitetini, 2008-yilda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

2022-yil martida hokim o‘rinbosari etib tayinlangan, ungacha esa viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Gulnora Ahmedova Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan

Gulnora Ahmedova 1974-yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida umumtaʼlim maktablari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga doir
Izoh

Doston Turaev

14 fevral, 12:08

Хаммага Ассалому Алайкум. Опамиз 1989 йилда, яъни 15 ёшларида институтни тамомлаган булсалар. демак 10 ёшларида мактабни тугатган эканлар. чунки 90 йилларда ОТМда укиш давомийлиги 5 йил булган. юкоридагиларни инобатга оладиган булсак, мактабга тугилибок чиккан булсалар керак ва орала бир синф сакраганлар хам. Отсутствие логики,позор журналистики.

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »