Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mahsulotlari eksporti nisbatan qimmat bozorlarga yo‘naltirilishi ta’kidlandi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova ma’lum qildi. Aytilishicha, 2024-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 3,5 milliard dollarga yetkaziladi. Shundan meva-sabzavot 2,5 milliard dollarga va boshqa oziq-ovqat mahsulot eksportini 1 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Bunda meva eksportini 45 foizga, sabzavotni — 50 foizga, poliz ekinlari eksportini — 36 foizga, uzumni — 2,2 barobarga va dukkakli mahsulotlar eksportini 32 foizga ko‘paytirish uchun choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, mahsulotlar eksport hajmlari nisbatan qimmat bozorlarga yo‘naltiriladi. 

Ma’lumot uchun, 80 ta davlatga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun 620 ta fitosanitar ruxsatlar olingan. 2023-yilning o‘zida 12 ta davlatga 23 turdagi mahsulot eksportiga fitosanitar ruxsatlar olindi. Agentlik tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar ham davom ettiriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »