Putin vositachilar orqali AQSHga urushni muzlatish taklifini bergan — OAV
Rossiya prezidenti Vladimir Putin vositachilar orqali AQSHga urushni muzlatishni taklif qildi, ammo Vashington bu masalani Kiyevsiz muhokama qilishdan bosh tortdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 2023-yilda Putin vositachilar, jumladan, Moskvaning Yaqin Sharqdagi hamkorlari orqali AQSHga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaraga tayyor ekani haqida signallar yuborgan. Ma’lumotni Rossiyadagi muzokaralar jarayoni bilan tanish bo‘lgan uchta manba tasdiqlagan.
Xususan, Putin Rossiya bosib olgan hududlarni saqlab qolish sharti bilan mojaroni muzlatish taklifini ilgari surgan. Manbalarga ko‘ra, Putinning signallari Vashingtonga uzatilgan, u yerda AQSHning yuqori martabali rasmiylari, jumladan, Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Bill Berns va AQSH davlat kotibi Entoni Blinken uchrashgan.
Biroq, oxir-oqibat “amerikaliklar bilan muzokaralar natija bermagan”. Manbalardan biriga ko‘ra, AQSH ham vositachilar orqali bu masalani Kiyev ishtirokisiz muhokama qilmasligini, unga bosim o‘tkazmoqchi emasligini Moskvaga yetkazgan. AQSH Ukrainaga bosim o‘tkazmoqchi emasligini ta’kidlagan.
Amerikaliklar Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi samimiy bo‘lganiga ishonmadi, lekin u shunday bo‘lgan va bu masalani muhokama qilishga tayyor. Shu bilan birga, Putin qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha jang qilmoqchi, — dedi rus manbasi.