Rossiya 2026-yilgacha g‘alaba qozonishni maqsad qilgan, keyin uning harbiy qudrati pasaya boshlaydi — ekspertlar
Rossiya 2026-yilgacha urushda g‘alaba qozonishni rejalashtirmoqda, asosiy nishon Xarkov va Dnepr. Britaniya qirollik birlashgan xizmatlar Instituti (RUSI) tadqiqotchilari Jek Uotling va Nik Reynolds o‘zining prognozlari bilan bo‘lishdi.
“Rossiya Ukrainani o‘ziga bo‘ysundirishdek strategik maqsadini amalga oshirishda davom etmoqda. Hozirda u g‘alaba qozonishiga ishonadi. Rossiya vositachilari taklif qilayotgan taslim bo‘lish shartlariga Rossiya bosib olgan hududlardan, shuningdek, Xarkov va ba’zi versiyalarda Odessadan voz kechish, Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lmasligi va Rossiya tomonidan tasdiqlangan davlat rahbarini saqlab qolishni o‘z ichiga oladi. Rossiya taklif qilayotgan yagona muhim imtiyoz bu Ukraina qolgan hududlari bilan Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi mumkin”, — deydi ekspertlar.
Ularning fikricha, Rossiya bu natijaga erishmoqchi bo‘lgan jarayon uch bosqichdan iborat:
- Butun front chizig‘i bo‘ylab bosimni davom ettirish;
- Xalqaro hamkorlarning Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishni davom ettirishiga to‘sqinlik qilish;
- Jang maydonida muvaffaqiyatlar olib keluvchi hujum operatsiyalarini davom ettirish.
“Keyin bu muvaffaqiyatlar Kiyevni rus shartlariga taslim bo‘lishga majburlash sifatida ishlatilishi kerak. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar 2026-yilgacha g‘alabaga erishish kerakligini ko‘zda tutadi”, — deya ta’kidlaydi ekspertlar.
Agar xalqaro hamkorlar Ukraina armiyasini resurslar bilan yetarli darajada ta’minlay olmasalar, Rossiyaning g‘alaba qozonish nazariyasi to‘g‘ri chiqadi. Biroq, agar Ukraina yetarlicha o‘q-dorilar bilan ta’minlansa, Rossiya 2025-yilda sezilarli muvaffaqiyatga erishmaydi.
2026-yildan keyin Rossiyaning jangovar kuchi sezilarli darajada pasayishni boshlaydi va bu vaqtga kelib Rossiya sanoati jiddiy ravishda izdan chiqishi mumkin, deb xulosa qiladi Uotling va Reynolds.