Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Haqiqatan ham yaxshi yozilgan kitob shunchalik o‘ziga jalb qiladiki, ba’zan noto‘g‘ri hisob-kitoblar va nomuvofiqliklarni sezmay qolamiz. Faqat ikkinchi yoki uchinchi o‘qishdan keyingina asar muallifiga savollar tug‘ilishi mumkin. Ammo har doim ham savollarga javob topib bo‘lmaydi.

Moriya darvozasidagi yozuv va burgutlarning g‘alati hikoyasi

Tolkinning mashhur dostonida o‘quvchilarni chalg‘itadigan bir necha joylar mavjud. Shunday qilib, yerosti shohligiga olib boradigan Durin darvozalarida Moriya yozuvi bor. Biroq elflar tomonidan berilgan bu nom Balrog yerlarini zabt etgunga qadar ishlatilmagan.

“Uzuklar hukmdori”dagi burgutlar

Frodo va Sem nihoyat tog‘ etagida umidlarini uzganda, burgutlar yordamga keladi — qushlar hobbitlarni xavfsiz joyga olib boradi. Shu sababli ko‘pchilikda burgutlarning ularga ilgariroq yordam berishiga nima xalaqit qilgani haqida o‘rinli savol tug‘iladi. Hech bo‘lmaganda, qushlar yordamida Tumanli tog‘larni kesib o‘tish mumkin edi. Bu Frodo va do‘stlarining yo‘lini ancha osonlashtirardi.

“Garri Potter”dagi vaqt chalkashligi

Joan Rouling ko‘p yillar davomida yosh sehrgarning hayoti haqida bir qator kitoblar ustida ishlagan, shuning uchun uning asarlarida mantiqiy xatolar va syujet borasida kamchiliklar topilishi ajablanarli emas. Misol uchun, bolalarning hech biri fakultetlarga bo‘linish marosimi qanday o‘tishini bilmaydi. Agar Garri va Germionaning holatini tushunish mumkin bo‘lsa, unda Ron barcha tafsilotlarni ota-onasi va katta akalaridan bilishi kerak edi.

Yozuvchi ba’zi sanalarni haftaning ma’lum kunlariga belgilaydi va ularning aksariyati haqiqiy kalendarga to‘g‘ri kelmaydi. Bir necha yil davomida Hogvartsda darslar 2-sentyabr dushanba kuni boshlanadi.

Yana bir xatolik shu bilan bog‘liq. 1993-yil 1-sentyabrda to‘lin oy edi, Garri Hogvartsga ketayotganda Azkaban soqchilari tomonidan hujumga uchraydi. Shuning uchun Lyupin Garrini dementorlardan qutqara olmasdi. Chunki keyinchalik kitobda aytilishicha, har to‘lin oy paytida professor xavfsizlik nuqtayi nazaridan uch kun odamlardan yashirinishga majbur bo‘ladi.

Tornfilddan qochgan Jeyn Eyrning sarguzashtlari

Jeyn Eyr sevgilisi uylanganini bilib, Tornfildni tark etganining ertasi kuni pulsiz qoladi. Qiz ish topaman, degan umidda qishloqni kezib yuradi, ammo natija bo‘lmaydi. Oxir-oqibat tunda butunlay holdan toygan holda begona uyning ayvoniga yiqiladi.

Qizig‘i, bor-yo‘g‘i bir-ikki kun oziq-ovqat va boshpanasiz qolgan qiz qanday qilib bunchalik holdan toyganlik darajasiga yetadi. Bir versiyaga ko‘ra, Sharlotta Bronte shu tarzda o‘tmishini ortda qoldirib, yangi hayot boshlaydigan qahramonning qayta tug‘ilishini ko‘rsatishga harakat qilgan.

“Andisha va g‘urur”da Uikhemning g‘alati qarori

Ayyor va yaramas janob Uikhem Elizabet Bennetning ishonchiga osongina kirib oladi va shaharning barcha aholisini mag‘rur janob Darsiga qarshi qo‘yadi. U intrigalar qilishda ustasi farang va doimo o‘ziga kerak bo‘lgan pulni olishga harakat qiladi.

Ammo bir nuqtada Uikhem o‘zini butunlay ahmoqona tutadi va yosh Lidiya Bennet bilan qochib ketadi. Qiz chiroyli, lekin boy emas. Bu harakat Uikhemni sharmanda qiladi va unga hech qanday foyda keltirmaydi.

Sherlok Holmsning absurd xatti-harakati

“Bo‘sh uy” hikoyasida mashhur detektiv kutilmaganda “tiriladi”. Konan Doyl o‘zining eng mashhur qahramonining qaytishidan hayajonlanmaydi.

Tergovchining ta’kidlashicha, u Moriarti to‘dasiga chek qo‘yishi, buning uchun hamma uni o‘lgan deb o‘ylashi kerak edi. Shu bilan birga, yovuz qahramonning asosiy sherigi polkovnik Moran Sherlokning tirikligini bilardi. Xullas, Holms haqiqatni kimdan va nima maqsadda yashirgani unchalik aniq emas.

“Sumerki”dagi vampirlar rangi

Mayer dunyosidagi vampirlar kun davomida yashirinmaydi, ammo terisi quyosh nurlari ostida porlaydi. Shuning uchun Kallenlar oilasi doimo bulutli bo‘lgan Forks shahriga ko‘chib o‘tadi. Biroq bulutlar va tumanlar ultrabinafsha nurlanishini to‘xtata olmaydi, shuning uchun vampirlar hatto qorong‘i ob-havoda ham porlashi kerak edi.

“Hayot-mamot o‘yinlari” finali

Ba’zan yozuvchilar final chiroyli bo‘lishi uchun qahramonlarini mantiqsiz xatti-harakatga undaydi. Kitob trilogiyasining so‘nggi sahnasida Kitniss o‘tloqda o‘ynayotgan bolalariga mehr bilan qaraydi. Kartina ajoyib, ammo biroz g‘alati.

Butun serial davomida qiz yolg‘iz edi va oila qurish istagini bildirmaydi. U va Pit allaqachon oilaviy hayotdan zavqlanishlari mumkin edi, ammo bu lahzani finalga olib chiqish unchalik yopishmagan — bu biz allaqachon o‘rganib qolgan qahramonning xarakteriga mos kelmaydi.

Jaddning “Uy hayvonlari qabristoni”dagi tushunarsiz xatti-harakati

Stiven Kingning romanida Jadd Krandall qabristondan foydalanishning dahshatli oqibatlarini biladi. Bundan tashqari, u juda mehribon va g‘amxo‘r odamga o‘xshaydi.

Biroq aynan Jadd bosh qahramonga hayvonni hayotga qaytarish uchun mushukni qabristonga olib borishni taklif qiladi, bu esa qo‘rqinchli voqealar zanjirini boshlaydi. Kingning o‘zi hech qachon Krandallning xatti-harakati yoki uning sabablarini tushuntirmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »