Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Retro filmlarning ixlosmandlari o‘tgan asr san’at namunalarini qayta-qayta tomosha qilishdan charchamaydilar. Masalan, Leonid Gaydayning “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmida yana bir xatolik ko‘zga tashlanib qoldi.

1973-yilda kinoteatr ekranlariga chiqqan ajoyib komediya rejissor va aktyorlar guruhining iste’dodi tufayli hanuzgacha barcha yoshdagi tomoshabinlarning sevimli filmi bo‘lib qolmoqda. Unda Shurikning rafiqasi Zinaida uyga qaytishi sahnasida akvarium bir zumda o‘zgarganini payqaganmisiz?

Foto: Filmdan kadr

Syujetga ko‘ra, shoh Ivan Grozniy ixtirochi Shurik xonadoniga tushib qoladi va u yerda vaqtinchalik yashirinib turishga majbur bo‘ladi. Hech narsadan xabari yo‘q Zinochka uyga qaytganda shoh undan parda ortiga berkinib oladi. Shunda kadrga akvarium tushadi, ammo biroz vaqt o‘tib ichi loyqa suvga to‘lgan akvarium keyingi kadrlarda umuman boshqa holatda ko‘rsatiladi. Endi akvariumdagi toza, tiniq suvda baliqlar suzib yurganini ko‘rasiz.

Foto: Filmdan kadr

Ikkala kadrni solishtirsangiz, jarayon bir necha sekund ichida ro‘y beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »