Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSH prezidentlik saylovlarida Jo Bayden g‘alaba qozonsa, Rossiya uchun yaxshiroq bo‘lishini aytdi. Bu haqda Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: AFP

“Rossiya uchun kim yaxshiroq —Bayden yoki Trampmi?”, degan savolga Putin birinchisini tanladi.

“Bayden. U tajribaliroq odam, u eski formatsiya siyosatchisi. Lekin biz Amerika xalqi ishonch bildirgan har qanday AQSH rahbari bilan ishlaymiz”, — dedi u.

Rossiya prezidenti Baydenning sog‘lig‘i haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirib, bu AQSH saylov kompaniyasi bilan bog‘liq ekanini aytdi.

“Menimcha, AQSHda ichki siyosiy kompaniya, saylov kompaniyasi tobora kuchayib, keskin tus olmoqda. Bu jarayonga aralashishimiz to‘g‘ri emas. Bayden bilan uch yil oldin Shveysariyada uchrashganman. O‘shanda ham uni layoqatsiz deyishgan. Bunga ishora qiluvchi narsani ko‘rmadim. Ha, u o‘zining qaydnomasiga, men ham o‘zimnikiga qaradim. Qayerdadir vertolyotdan chiqib, boshi bilan urilganiga kelsak, kim boshini urmagan bo‘lsa, keling unga birinchi bo‘lib tosh otsin”, — deydi Putin. 

Shuningdek, u AQSH administratsiyasining hozirgi pozitsiyasi “o‘ta zararli va noto‘g‘ri” ekanini qo‘shimcha qildi.

“Bir paytlar bu haqda prezident Baydenga aytganman”, — deya xulosa qildi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »