Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH qonunchiligiga ko‘ra, prezident har qanday ortiqcha qurolni sotishi yoki hatto tekinga berishi mumkin.

Prezident Jo Bayden ma’muriyati uchun Ukrainaga millionlab artilleriya o‘qlarini yuborishning byurokratik jihatdan murakkab, ammo mutlaqo qonuniy bo‘lgan yo‘li bor, deb yozadi Forbes.

Qayd etilishicha, Ukrainada snaryadlar taqchilligi kuzatilmoqda. Rossiyaning 10 000 ta snaryadiga javoban Ukraina atigi 2000 ta snaryad otgan.

Foto: Google Images

Jurnalistlarga ko‘ra, AQSH Kongressida yordam to‘g‘risidagi qonun loyihasi juda sekinlik bilan olg‘a surilayotganiga qaramay, Jo Bayden to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainaga yordam berish imkoniyatiga ega. Qonunlarga ko‘ra, AQSH prezidenti armiya ortiqcha deb hisoblagan mavjud qurollarni chegirma bilan sotish yoki hatto bepul berish huquqiga ega.

Qonun qiymati 500 million dollar bo‘lgan “ortiqcha mudofaa tovarlari” deb ataladigan qurol va o‘q-dorilarni yil davomida yetkazib berishni nazarda tutadi. Ammo hujjatda prezident ma’lum bir qurol turiga qanday narx belgilashi mumkinligi ko‘rsatilmagan. Nazariy jihatdan, u istalgan qurolni nol dollarga baholay oladi.

“Bayden Ukrainaga nisbatan o‘z vakolatlaridan juda kamdan kam foydalanmoqda. Oxirgi marta prezident o‘z vakolatidan foydalangan holda Ekvador va Gretsiyaga ortiqcha qurol-yarog‘larni bergandi. Keyin esa o‘sha davlatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita Ukrainaga ortiqcha qurollarining bir qismini taqdim qilgan”, — deyiladi maqolada.

Mualliflarning tushuntirishicha, Bayden o‘rtada turadigan biror davlatni aralashtirmay, o‘z vakolatlaridan foydalangan holda, Ukrainani to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashi uchun hech qanday qonuniy to‘siq yo‘q

Ta’kidlanishicha, AQSH armiyasi va dengiz piyodalari omborlaridagi artilleriya o‘q-dorilarining aksariyati ortiqcha emas. Ammo muhim istisno mavjud. Qo‘shma Shtatlarda potensial to‘rt millionta 155 millimetrli ko‘p maqsadli kassetali o‘q-dorilar — M483A1 va M864 DPICM  mavjud.

Jurnalistlarning qo‘shimcha qilishicha, bu o‘q-dorilarning barchasi AQSH uchun “ortiqcha” deb belgilanishi mumkin. AQSH armiyasi ko‘p yillar oldin ular ishonchsiz va xavfli ekanligini, ish bermaslik ehtimoli 14 foizni tashkil etishini aniqladi. 2004-yilgi hisobotga ko‘ra, 402 million dona DPICM o‘q-dorilari, shu jumladan, 4,6 million dona 155 millimetrli snaryadlar keraksiz bo‘lib qolib ketgan.

Foto: Google Images

“Bayden zaxirada qolgan barcha DPICM turlarini ortiqcha deb belgilashi mumkin, shuning uchun ularni almashtirishga bir dollar ham sarflamasdan, ularni Ukrainaga o‘tkazishi mumkin. Ular yillar davomida shiddatli janglarda ishlatishga yetadi.

Faqat bir jihati shundaki, AQSH hukumati qurollarni yetkazib berish uchun yo‘l xarajatlarini qonuniy ravishda to‘lay olmaydi. Ammo Germaniyadagi har qanday qurol bu qoidaga bo‘ysunmaydi. Shuning uchun AQSH ushbu DPICM’larni Germaniyaga yetkazib berishi va keyin ularni ortiqcha deb e’lon qilishi, shundan so‘nggina qurollarni Ukrainaga topshirishi mumkin”, — deyiladi maqolada.

“Nega Bayden hali bu rejani amalga oshirmagani noma’lum. Ehtimol, u yangi 60 milliard dollarlik mablag‘ni kutishni afzal ko‘rishi mumkin, bu esa Ukraina uchun keng turdagi qurollarni sotib olish yoki hatto noldan ishlab chiqish uchun ko‘proq moslashuvchanlikni beradi”, — deb yozadi nashr.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »