Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryoda 54 ta qoidabuzarlik jarimasini to‘lamagan ota-bolaning mashinalari xatlandi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati. 

Foto: MIB

Unga ko‘ra, yakkabog‘lik A.Mahmadiyorov o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia-3 bilan 33 marotaba, otasi T.Yo‘ldoshev Gentra avtomashinasi bilan 21 marotaba turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklarni sodir etgan va jarimalarni to‘lamasdan kelgan. Natijada Nexia-3 da 16,5 million so‘m, Gentra’da 7,3 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Majburiy ijro byurosining Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida mazkur ikkala avtotransport vositasi ham topilib, xatlandi. Qarzdorlik to‘lab berilmagan taqdirda, ushbu avtotransport vositalarini onlayn auksionga chiqarish choralari ko‘riladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »