Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida ko‘plab qoidabuzarlik sodir etgan haydovchiga chora ko‘rildi.

Foto: Navoiy viloyati MIB axborot xizmati

Maʼlum qilinishicha, MIBning Xatirchi tuman bo‘limi ish yurituvida qarzdor A.F.ga nisbatan IIB YHXB tomonidan qo‘llanilgan 10 ta maʼmuriy bayonnomaga asosan 6 million 120 ming so‘m, 91 million so‘m kredit va 4,5 million so‘m boshqa qarzdorliklarini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lgan. Haydovchi ushbu qarzdorliklarni to‘lamagach, unga tegishli bo‘lgan Lacetti mashinasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituvida qarzdor R.E.ga nisbatan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan qo‘llanilgan 5 ta maʼmuriy bayonnomalarga asosan jami 4 million 504 ming so‘m jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorliklar to‘liq undirilishi taʼminlangan.

Avvalroq Andijonda 27 ta mashinasi bor shaxsdan 81 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jarima undirilgani, O‘zbekistonda mast holda mashina haydaganlarning transporti musodara etilishi haqidagi xabarlar rad etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »