Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida to‘y marosimi vaqtida qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilarga chora ko‘rildi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Nukus shahridagi bir nechta avtomashinalar haydovchilari o‘zboshimchalik bilan davlat raqamini yechib olib, guruh bo‘lib, turli manyovrlar qilib, yo‘l talashib YTH sodir etgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi.

Aniqlanishicha, holat 11-yanvar kuni Nukus shahrida to‘y marosimida sodir bo‘lgan. Guruh bo‘lib harakatlangan avtomashinalar tekshirilganda 15 ta avtomashina ushbu qoidabuzarlikni sodir etgani ma’lum bo‘lgan. Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 129-moddasi (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi) tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan hamda ushbu kodeksning 291-moddasi (transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi) bilan avtomashinalar vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Toshkent shahar Chilonzor tumanida yangi yil kechasi qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan yigitlar javobgarlikka tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Samarqand shahrida 2023-yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Mercedes-Benzda drift qilgan haydovchi javobgarlikka tortilgan edi. Undan oldin esa Nukusda raqamsiz harakatlanib, drift qilgan “shumaxer” topilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »