Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas, davlat kotibi Taimar Peterkop, Litva madaniyat vaziri Simonas Kayris va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi 100 ga yaqin siyosatchi va amaldorlarga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha qidiruv e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Photo: Scanpix

Vazirlik Estoniya va Litva rasmiylari Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanayotganini ma’lum qilgan. Xususan, Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas va davlat kotibi Taimar Peterkopga nisbatan sovet tarixiga oid urush yodgorliklarini vayron qilganlik va shikastlaganlik uchun jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu ish doirasida ularga nisbatan qidiruv e’lon qilingani aytilgan.

Bundan tashqari, Litva madaniyat vaziri Simonas Kayris ham sovet askarlari yodgorliklarini yakson qilgani uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvga berilgan. 

O‘tgan yilning sentyabrida Rossiya Tergov qo‘mitasi 170 dan ortiq chet el fuqarolarini, jumladan, Latviya, Litva, Estoniya, Polsha va Ukraina fuqarolarini sovet askarlari sharafiga o‘rnatilgan urush yodgorliklarini tahqirlaganliklari va vayron qilganliklari uchun sirtdan javobgarlikka tortgan edi. Qayd etilishicha, harbiy qabristonlar, sovet askarlariga oid yodgorlik va yodgorliklarni tahqirlash, buzish bilan bog‘liq 16 ta jinoiy ish bo‘yicha 143 ta holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »