Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Chinoz tumanida o‘qituvchi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor urib, jarohat yetkazdi. Bolalar ombudsmani holatga munosabat bildirdi

Kadr: Telegram

Xabar berilishicha, 15-fevral kuni bolalar ombudsmani kotibiyatiga ijtimoiy tarmoq orqali maktab o‘quvchisi o‘z o‘qituvchisi tomonidan kaltaklanib, shifoxonada yotgani aks etgan video kelib tushgan. Holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan. 

Aniqlanishicha, 11-fevral kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi A.S. 7-sinf o‘quvchisi, 2010-yilda tug‘ilgan M.S.ning boshini devorga bir necha bor qattiq urib, unga jarohat yetkazgan. Buning natijasida bola bosh qismi sohasidagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismiga (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »